Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov hududlarga tashrifi davomida 2024 yil hosili uchun gʼalla ekish ishlarini tizimli va sifatli amalga oshirishga bagʼishlangan seminarlarda ham ishtirok etdi.
Unda Аngor, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Bandixon tumanlarida kuzgi boshogʼli don ekish ishlarini tizimli tashkil etish hamda qisqa muddatlarda sifatli yakunlash, sugʼorish va toʼliq koʼchat olish masalalari muhokama qilinib, masʼullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Maʼlumot uchun, 2024 yil hosili uchun Аngor tumanida 7 000 gektar, Muzrabot tumanida 11 300 gektar, Sherobod tumanida 10 580 gektar, Qiziriq tumanida 10 190 gektar va Bandixon tumanida 4 988 gektar maydonda gʼalla ekish rejalashtirilgan.