Surxondaryo viloyati hokimiga yangi oʼrinbosar tayinlandi
Аmirov Аlisher Xurramovich Surxondaryo viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʼjalik, ekologiya va koʼkalamzorlashtirish masalalari boʼyicha oʼrinbosari lavozimiga tayinlandi.
U 1977 yil Boysun tumanida tugʼilgan. 2001 yilda Toshkent avtomobilь-yoʼllari institutini, 2014 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi – yer usti transporti tizimlari muhandisi.
А.Аmirov mehnat faoliyati davomida Oʼzbekiston avtomobilь va daryo transporti agentligi Toshkent viloyati boʼlimi shoʼʼba mudiri, “Oʼzavtoyoʼl” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasida boshqarma boshligʼi, boshqaruv raisining oʼrinbosari, Surxondaryo viloyati hokimining oʼrinbosari, Sherobod tumani hokimi lavozimlarida mehnat qilgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2021 yildan buyon Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi avtomobilь yoʼllari qoʼmitasi mintaqaviy yoʼllarga buyurtmachi boshqarmasi boshligʼi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.