Viloyatda qurilish sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimligida voha faollari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari hamda OАV vakillari ishtirokida viloyatda qurilish sohasini rivojlantirish va yangi imkoniyatlarni ishga solish masalalariga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Yigʼilish avvalida viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov shu vaqtga qadar viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʼjalik, ekologiya va koʼkalamzorlashtirish masalalari boʼyicha oʼrinbosari lavozimida ishlab kelgan Аlisher Xidirov boshqa ishga oʼtganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani hamda mazkur lavozimga Аmirov Аlisher Xurramovich tayinlanganini maʼlum qildi.
Shundan soʼng, viloyat rahbari tomonidan sohada oʼz yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar sanab oʼtilib, istiqboldagi vazifalar, yangi imkoniyatlarni ishga solish boʼyicha chora-tadbirlar belgilab berildi. А.Аmirovning kelgusidagi rejalari tinglandi.