Surxondaryoda tibbiyot xodimlari sharaflandi

Termiz shahridagi “Muhtasham” tantanalar saroyida “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʼbek Qosimov ishtirok etib, Prezidentimizning mamlakatimiz sogʼliqni saqlash sohasi xodimlariga yoʼllagan bayram tabrigini oʼqib eshittirdi.

Viloyat rahbari davlat mukofoti sohiblariga qimmatbaho sovgʼalarni topshirdi. Shuningdek, tizimda alohida oʼrnak koʼrsatgan bir guruh tibbiyot xodimlari viloyat hokimligining faxriy yorliq va sovgʼalari bilan taqdirlandi.