Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz – umumxalq muhokamasidan o‘tgan, xalqimiz xohish-istaklari namoyon bo‘lgan tarixiy hujjatdir!

Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi”da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ttiz bir yilligi bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, barcha vohadoshlarimizni bayram munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ishlab chiqarish, ijtimoiy va boshqa sohalar vakillari, faol yoshlar ishtirok etgan tadbirda Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berganligi qayd etildi.

Tantanali tadbirda taniqli san’atkorlar ijrosida Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va raqslar ijro etildi.

Bayram tadbirlari viloyatimizning barcha hududlarida ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.