Mutlaq vazn toifasi g‘olibiga bosh sovrin, “Nexia III” avtomashinasi topshirildi
Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan katta kurash musobaqasida mutlaq vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi.
Murosasiz bahslar yakunida:
1-o‘rin – Muhammadkarim Xurramov, Sherobod tumani ("Nexia III" avtomashinasi);
2-o‘rin – Shermuhammad Jangriyev, Jarqo‘rg‘on tumani (Tuya);
3-o‘rin – Bekmurod Oltiboyev, Sho‘rchi tumani (Ot);
3-o‘rin – Muxsin Xisomiddinov, Sariosiyo tumani (Ot).
G‘oliblarga bosh sovrin, “Nexia III” avtomashinasi kaliti va boshqa sovrinlar sertifikatlarini viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat sektor rahbarlari hamda Kurash faxriysi Abdulla Tangriyevlar tantanali topshirdi.