Yangi tayinlov
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan Xudoyberdiyev Samandar Qalandarovich agentlikning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
S. Xudoyberdiyev 1983-yilda Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – moliya.
Mehnat faoliyati davomida viloyat hokimligi departament boshlig‘i, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi raisi, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri, iqtisodiyot va sanoat boshqarmasi boshlig‘i, investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati