Yangi tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Jumayev Bekzod To‘lqinovich palataning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
B. Jumayev 1989-yilda Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2012-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – investitsiyalarni moliyalashtirish.
Mehnat faoliyati davomida viloyat hokimligi departament boshlig‘i, viloyat investitsiya boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” DUK direktori, tuman hokimining o‘rinbosari, “Bozor” OAJ birlashmasi raisi, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi davlat unitar korxonasi rahbari vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati