Ulug‘bek Qosimov: “Har bir murojaat ortida odamlarni qiynayotgan masalalar, yechimini kutayotgan muammolar turibdi. Buni har bir mas’ul tanasida his qilib, ijrosini ta’minlashi shart!”

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” muhokamasi o‘tkazildi. Viloyat rahbari murojaatlar ijrosi tahlilini muhokama qilar ekan, ayrim hududlar va tarmoqlar rahbarlari faoliyatini tanqid qildi.

– Faollar ko‘tarayotgan masalalar hududlarda murojaatlar bilan ishlashdagi asl holatni ko‘rsatmoqda. Aholi muammolari bilan ishlash, ularning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatishda mutasaddilar faoliyatini qoniqarli deb bo‘lmaydi. Ular har bir murojaat ortida inson taqdiri turgani haqida o‘ylab ko‘risharmikan? – deya savol qo‘ydi viloyat hokimi.

Shundan so‘ng ko‘tarilgan masalalar, ijroga yo‘naltirilgan murojaatlarning hal etilishi bo‘yicha “Surxondaryo” teleradiokanali tomonidan tayyorganlangan lavha namoyish etildi. Lavhadagi holatlar yuzasidan ayrim mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi hamda murojaatlar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondoshish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda ijro intizomi, tashriflarda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi hamda mas’ullarga hududlardagi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida sifatli oziq-ovqat mahsulotlarining uzluksizligini ta’minlash vazifasi topshirildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati