Surxondaryoda 50 ta maktabga sport anjomlari va jihozlari topshirildi
Surxondaryo viloyatidagi 50 ta olis va chekka hududlardagi maktablarda sport zallarini jihozlash dasturiga asosan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 34 turdagi sport anjomlari va jihozlari ajratildi.
Bugun Termiz shahridagi 26-sonli maktabda ushbu sport jihozlarini viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddilari tomonidan maktab direktorlariga topshirildi.
Ma’lumot uchun, mazkur dasturga asosan respublika bo‘yicha sport jihozlar 170 ta maktab uchun ajratilgan bo‘lib, shundan 50 tasi Surxondaryodagi maktablar uchun yuborilgan.
Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati