Yil sarhisobi: Yangi uy-joylar qurilishi va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 2023-yilda jami 3 383 xonadonli 88 ta ko‘p qavatli turar-joylar qurilishi yakunlandi. Jumladan, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida jami 1 136 xonadonli 49 ta hamda talab yuqori bo‘lgan boshqa hududlarda 2 247 xonadonli 39 ta turar-joylar foydalanishga topshirildi. 1 978 nafar fuqaroga ipoteka subsidiyalari ajratildi.

Viloyatdagi 4 ta mahallada, xususan, Boysun tumanidagi “Duoba”, Sho‘rchi tumanidagi “Xushchekka”, Muzrabot tumanidagi “Bog‘i eram” va Uzun tumanidagi “Yangi yo‘l” mahallalarida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlari asosida 18 minga yaqin aholining turmush sharoitlari yaxshilanib, 43 ta ijtimoiy va aholiga xizmat ko‘rsatish obektlari foydalanishga topshirildi.

Termiz shahridagi 37 ta mahallada 2 mlrd so‘mdan jami 74 mlrd so‘mga keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Hozirda barcha tuman markazlarini ham zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.