Amalga oshiriladigan ishlar taqdimoti o‘tkazildi
Kuni-kecha viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov huzurida 2024-yilda qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar taqdimot o‘tkazildi.
Viloyat hokimining soha mas’ul o‘rinbosari hamda majmua tarkibidagi tashkilot, idora va korxonalar rahbarlari tomonidan qilingan taqdimot davomida joriy yilda belgilab olingan rejalar, yangi loyihalar va qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solgan holda tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan axborot berildi.
Viloyat rahbari sohada o‘z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklarni sanab o‘tib, istiqboldagi vazifalar, yangi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab berdi.