Joriy yilda qator sohalarda amalga oshiriladigan ishlar taqdimoti bilan tanishildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov huzurida 2024-yilda moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar taqdimoti o‘tkazildi.

Viloyat hokimining sohalarga mas’ul o‘rinbosarlari hamda komplekslar tarkibidagi tashkilot, idora va korxonalar rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan taqdimotda joriy yilda belgilab olingan rejalar, yangi loyihalar va qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solgan holda tarmoq va sohalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Shuningdek, “yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurashish, korxonalar faoliyatini sog‘lomlashtirish, ish o‘rinlarini legallashtirish hamda soliq tushumlari bo‘yicha qo‘shimcha manbalarni aniqlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.

Viloyat rahbari soha va tarmoqlar hamda tashkilotlar kesimida o‘z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklarni sanab o‘tib, istiqboldagi vazifalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilab berdi.