O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining tegishli buyrug‘i bilan podpolkovnik Jabborov Rustam Abdugaffarovich Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Jabbarov 1985-yilda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan. 2007-yilda Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurtini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati