Viloyatning olis hududlarida ham harbiy-Vatanparvarlik festivallari o‘tkazilmoqda

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Xayrobod garnizonlarida joylashgan harbiy qismlar, Termiz harbiy prokuraturasi, Muzrabot tumani hokimligi bilan hamkorlikda viloyat markazidan olis, chegaraoldi hududlarida joylashgan mahallada harbiy-Vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Vatan ona kabi muqaddasligi, uning tinchligi va osoyishtaligini asrash, yuksalishiga hissa qo‘shish har bir yigit-qizning burchi ekanligi ta’kidlandi.

Hududdagi 28-sonli maktabda tashkil etilgan festival doirasida Faxriy qorovul shaxsiy tarkibining harbiy chiqishlari, qurol-aslaha va harbiy texnikalar, xizmat itlarining ko‘rgazmali namoyishlari hamda yoshlar o‘rtasida turli sport musobaqalari va rasmlar chizish tanlovlari o‘tkazildi.