Termizliklar va shahrimiz mehmonlari diqqatiga!
Avval xabar berganimizdek, ertaga, 7-mart kuni Termiz shahrida Surxondaryo tajribasi misolida “Talabalar bahori” yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan festival doirasida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar davomida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida shaharning qator ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi.
Jumladan:
“Talabalar ommaviy yugurish marafoni” o‘tkazilishi munosabati bilan soat 06:00 dan 10:00 gacha Alisher Navoiy ko‘chasining “Surxon-Arena” sport majmuasi yonidagi chorrahasi, Alisher Navoiy va Islom Karimov (Bojxona chorrahasi) ko‘chalari kesishgan chorrahadan “Begoyim” restorani chorrahasigacha hamda ushbu chorrahadan “Barkamol avlod” va “Boboqo‘rg‘on”, shuningdek, “Boboqo‘rg‘on” hamda “Dilnavo” ko‘chalari chorrahasi orqali Hakim at-Termiziy shoh ko‘chasining “Bolajon” bog‘igacha bo‘lgan qismida;
“Talabalar ommaviy velomarofoni” hamda “SogÊ»lom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan soat 06:00 dan 24:00 gacha Hakim at-Termiziy shoh ko‘chasining "Temir yo‘l vokzali" yonidagi chorrahasidan “Bolajon” bog‘idagi chorrahasigacha bo‘lgan qismi transportlar harakati uchun to‘liq yopiladi.
“Talabalar bahori” yoshlar festivali ommaviy tadbirlarining xavfsiz o‘tishi hamda tadbir munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Avtomobilsiz kun” aksiyasi doirasida ushbu ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanib, piyodalar hududiga aylantirilishi sababli yo‘lovchilarga piyoda sayr qilishni, haydovchilarga aylanma yo‘llardan harakatlanishni tavsiya qilamiz.