Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Surxondaryo viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, 2023-yil davomida sodir etilgan jinoyatlar va ularning kelib chiqish sabablari hamda omillari tahlili muhokama qilindi.

O‘tgan yil davomida 357 ta holatda 507 nafar shaxslar tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilgan. Ushbu davrda viloyat bo‘yicha mansabdorlik bilan bog‘liq tergov qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha davlat, jamoat va fuqarolarga yetkazilgan jami 170 mlrd so‘mlik zarar aniqlanib, shundan jami 155 mlrd so‘mi tergov jarayonida undirilgan.

Yig‘ilishda korrupsiyaga oid jinoyatchilikning holati, uning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, hududiy Kengashning 2023-yildagi faoliyati samaradorligi yetarli darajada tashkil etilmaganligi tanqid qilindi.

Korrupsiviy jinoyatlar sohalar va tarmoqlar kesimida tahlil qilinib, mutasaddilarning jinoyatlarning oldini olish, unga qarshi kurash borasida yetarli ishlarni amalga oshirmaganligi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Yakunda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish va hududiy Kengash faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.