Ramazon tuhfasi: Termiz shahridagi yangi qurilgan 3 200 o‘rinli masjidda hayit namozi o‘qildi
Prezidentimizning 2019-yilda Surxondaryo viloyatiga tashrifida "Sulton Saodat" majmuasi hududida yangi masjid, keng zamonaviy yo‘llar hamda boshqa obyektlar qurilishi loyihasini amalga oshirish belgilangan edi.
Bugun ushbu loyiha doirasida bunyod etilgan 3 200 o‘rinli "Sulton Saodat" jome’ masjidida Ramazon hayiti namozi o‘qildi.
Yangi masjidda o‘qilgan Ramazon hayiti namozida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari, Toshkent Islom instituti rektori Muxamadolim Muxamadsidiqov hamda boshqa diniy ulamolar, vohalik mo‘min musulmonlar ishtirok etdi.
Shuningdek, bugun viloyatimizdagi 130 ta masjidda Ramazon hayiti namozi o‘qildi.