Yangi yilning ilk daqiqalarida Surxondaryoda uch egizak dunyoga keldi
Viloyat 1-sonli perinatal markazida yangi yil boshlanishining ilk daqiqalarida tug‘ilgan uch yegizaklar va ularning onasiga viloyat hokimining sovg‘alari hamda bayram tabriklari yetkazildi.
Hozirda ona va bolalarning sog‘ligi normal holatda bo’lib, ular shifokorlarning doimiy nazoratida.
Kirib kelgan yil vohadoshlarimizga fayzli va barokatli bo’lsin!