Yil sarhisobi: Maktablar sharoitlarini yaxshilash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar
Surxondaryo viloyatida 2023-yil 2 ta yangi maktab qurildi, 38 ta maktab rekonstruksiya qilindi va 62 ta maktab mukammal ta’mirlandi, 429 ta maktab joriy ta’mirlanib, 200 mingdan ortiq o‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim olish sharoitlari yaratildi.
Viloyatdagi 948 ta maktab 5 mingdan oshiq kompyuter, 1 520 ta doska, 460 to‘plam o‘quv partasi hamda 7 turdagi musiqa asboblari hamda sport jihozlari bilan ta’minlandi. 150 ta maktab hojatxonasi zamonaviy talablar asosida ta’mirlandi va 124 ta maktab devor bilan o‘raldi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabuli kun”lari tashkil etilishi natijasida o‘quvchilarning sababsiz dars qoldirishi 12,5 foizga kamayib, o‘zlashtirish darajasi 30 foizga oshdi.
Foto: Termiz tumanida umumiy qiymati 15,6 mlrd so‘m bo‘lgan 528 o‘rinli maktabning foydalanishga topshirilishi.