Yil sarhisobi: Surxondaryoda 2023 yil qishloq xo‘jaligi sohasida salmoqli ishlar amalga oshirildi

Viloyatda 2023 yil yakunlariga ko‘ra kartoshkadan 236 sentner, sabzavotdan 422 sentner, poliz mahsulotlaridan 426 sentner va dukkakli ekinlardan 20 sentner o‘rtacha hosil olinishiga erishildi va 2022-yildagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 106 foizga o‘sish qayd etildi.

Shuningdek, paxtachilikda o‘rtacha hosildorlik 40,2 sentnerni, g‘allachilikda 70,3 sentnerni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan paxtadan 34,8 ming tonna va g‘alladan 640 ming tonna ko‘proq hosil yig‘ishtirib olindi.

Jarqo‘rg‘on-Qumqo‘rg‘on tumanlarida kartoshkachilikni rivojlantirish maqsadida jami 20 ming gektar maydonni foydalanishga kiritish boshlandi. Muzrabot tumanining Amudaryo qirg‘og‘ida joylashgan 20,1 ming gektar maydonda sholi ekish loyhasiga start berildi.

Bundan tashqari Sherobod, Muzrabot va Termiz tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan 15 ming gektar maydonni o‘zlashtirish va ishlovga qayratish ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

Foto: Muzrabot tumani Amudaryo qirg‘og‘ida yangidan o‘zlashtirilgan maydonda yetishtirilgan sholini o‘rish jarayoni