Elektr ustalari yarim metrlik qorda ham o‘z vazifalarini bajarishmoqda

Xabar berib borayotganimizdek, viloyat kuz-qish Shtabi tomonidan aholiga kommunal xizmatlar, xususan, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta’minoti barqarorligini ta’minlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, belgilangan mahallalarda elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda avariya holatlarini oldini olish maqsadida tarmoqlar ta’mirlanmoqda.

Kuni-kecha Sariosiyo tumanining tog‘li hududida joylashgan "Chosh" qishlog‘ida yoqqan yarim metrlik qor qoplamida ham elektr ta’minoti korxonasi muhandislaridan iborat maxsus brigada 110/10 kV "Debodom" podstantsiyasidan chiquvchi 1-fiderda yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etishdi.

Hozirda belgilangan hududlarda aholini oldindan xabardor qilgan holda tarmoqlarni ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Murojaat uchun Surxondaryo viloyati hokimligi markaziy shtabining qisqa raqami:
1055 (24 soat)