Hurmatli haydovchilar va avtotransport egalari diqqatiga!
Hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ayrim AYoQShlarda “Ai-80” markali avtobenzinni “Ai-95” markasida ko‘rsatib qimmat narxlarda sotish holatlari aniqlangan. Viloyatimiz hokimining tegishli ko‘rsatmasi bilan hozirda ushbu holatlarga chek qo‘yish, kelgusida oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ilova qilinayotgan jadvallar orqali kecha, 15-yanvar kuni AYoQShlarga yetkazib berilgan avtobenzin hajmlari, mavjud qoldiq va markalari bilan hududlar kesimida tanishib olishingiz mumkin.
Hurmatli iste’molchilardan avtobenzin xarid qilishda e’tiborli bo‘lishlarini, yuqoridagi kabi holatlarga duch kelgan taqdirda huquqni muhofaza qiluvchi yoki soliq organlariga murojaat qilishlarini so‘raymiz.