Termizliklar va shahrimiz mehmonlari diqqatiga!

Xabar berganimizdek, ertaga, 19-mart kuni Termiz shahri “San’at saroyi” majmuasida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida viloyatning asosiy bayram sayllari bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan bayram sayllari doirasida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar davomida harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida shaharning qator ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi.

Jumladan:

Bugun, 18-mart kuni tungi soat  24:00 dan 19-mart kuni 24:00 gacha Termiz shahrining Hakim at-Termiziy shoh ko‘chasining Ibn Sino hamda Alisher Navoiy ko‘chalari bilan kesishgan chorrahalarigacha bo‘lgan qismi transport vositalarining harakati uchun yopiladi.

Yuzaga kelayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarimizga aylanma yo‘llardan harakatlanishni tavsiya qilamiz.