Jamoat transporti: Termiz shahri va uchta tumanda yangi yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish yo‘lga qo‘yildi

Transport boshqarmasi aholidan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ichki hududlar bo‘ylab yangi yo‘nalishlar bo‘yicha qulay va sifatli jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘ydi.

Jumladan, endilikda aholi quyidagi yo‘nalishlarda jamoat transportidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi:

Termiz shahri:

SHAY 303-sonli yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadigan avtobuslar Termiz shahrining “Shimoliy avtoshoxbekati”dan Termiz tumani “Jayraxona” massivigacha bo‘lgan oraliqda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Angor tumani:

SHAY 238-sonli yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadigan avtobuslar Termiz shahrining “Janubiy avtoshoxbekati”dan Angor tumani markazigacha bo‘lgan oraliqda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Jarqo‘rg‘on tumani:

SHAY 202-sonli yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadigan avtobuslar Termiz shahri “Shimoliy avtoshoxbekati”dan Jarqo‘rg‘on tumani markazigacha bo‘lgan oraliqda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Sho‘rchi tumani (Sinov tariqasida):

SHAY 211-sonli yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadigan avtobuslar Sho‘rchi tumani markazidan Oltinsoy tumani “Paxtakor chorrahasi”gacha bo‘lgan oraliqda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Hududlarda jamoat transporti tizimini yaxshilash va infratuzilmani takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda.