Diqqat e’lon: Malakali shifokorlar ustama to‘lanadigan hududlarga ishga taklif qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-sentabrdagi “Birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha har oylik ustama to‘lanadigan olis va chekka hududlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 510-sonli qarori bilan Surxondaryo viloyatida 48 ta mahalla ro‘yxati tasdiqlangan.
Qaror bilan olis chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy polikilinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama to‘lash hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olish uchun uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobaridan oshmagan miqdorida mahalliy budjetdan mablag‘ ajratish belgilangan.
Bugungi kunda Sherobod tumanidagi “Qorabog‘”, Boysun tumanidagi “Qo‘rg‘oncha” va “Machay”, Muzrobod tumanidagi “Fayzobod” va Uzun tumanidagi “Taltug‘ay” oilaviy shifokorlik punktlaridagi mavjud vakant ish o‘rinlari uchun malkali shifokorlarni ishga taklif etamiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi kadrlar bo‘limiga murojaat qilish so‘raladi.