Hududlarda g‘alla o‘rimi va g‘o‘za parvarishining borishi o‘rganildi
Xabar berganimizdek, surxondaryolik g‘allakorlar respublikada birinchi bo‘lib, don korxonalariga tovar don sotish rejasini bajarishdi. Hozirda vohadagi qolgan dalalarda g‘alla o‘rimi davom etmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib, davom etayotgan o‘rim jarayonlari hamda g‘o‘za parvarishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, don omborlarida g‘allani qabul qilish hamda saqlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Tashriflar davomida tumanlarga biriktirilgan viloyat Ishchi guruhi a’zolari g‘o‘zaga ozuqa berish, sug‘oshir, agrotexnik tadbirlarining borishi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, rivojdan ortda qolayotgan dalalar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida axborot berdi.
Viloyat rahbari ishlarni jadallashtirish, o‘g‘itlash va sug‘orish ishlarini muddatida, sifatli amalga oshirish, bu orqali hosilga hosil qo‘shish lozimligini ta’kidladi. Mutasaddilarga tegishli vazifalar topshirildi.