Xorijiy ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun, 4 mart kuni Germaniya, Avstriya, Xitoy, Koreya, Hindiston, Rossiya, Belorusiya, Afg‘oniston va Tojikiston singari hamkor davlatlarning viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 70 nafardan ortiq ishbilarmon doira vakillari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda xorijiy sheriklarning o‘z faoliyatlarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari, istiqbolda savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsion va boshqa sohalar taraqqiyoti bilan bog‘liq hamkorlik takliflari atroflicha muhokama etildi.
Xususan, o‘rnatilgan tartibda ularga yer uchastkalarini ajratish, bojxona va bank xizmatlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolarini hal etish, istiqbolli tijorat takliflarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.