Superkontraktning minimal miqdorlari belgilandi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari (superkontrakt) tasdiqlangani (PDF) haqida xabar qildi.
«Superkontraktning minimal miqdorlari 2021/2022 o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abiturientlarning birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan olingan», deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, superkontraktlarning minimal miqdorlarini hisoblashda 2021/2022 o‘quv yili uchun amalda belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymati qo‘llanilishi va koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abiturientlarga belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga 10 foizli chegirma berilishi belgilangan.
Super-kontraktda 0,05 ball uchun yengillik berildi
Joriy yilda istisno tariqasida (https://t.me/eduuz/6330) super-kontrakt miqdorini arzonlashtirilgan holda to‘lanadigan 4 ballik chegarada 0,05 ball qo‘shiladigan bo‘ldi. Ya’ni: