Qadrli vohadoshlar!
Bugun, 2 oktyabr kuni soat 15:00 da Termiz tumanidagi Otchopar maydonida Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi huzuridagi "Qorabayir otlari mahorat maktabi"ning tantanali ochilish tadbiri boʼlib oʼtadi.
Shu munosabat bilan, ushbu maydonda Surxondaryo viloyati hokimi sovrini uchun uloq-koʼpkari musobaqasi oʼtkaziladi.
Ushbu sport turi ishqibozlarini tadbirga taklif etamiz.