Bugun Surxondaryoda dronlar shousi bo‘lib o‘tadi

Surxondaryo viloyati hokimligi va Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” hamkorligida viloyatda ilk bor dron-shou tashkil etilmoqda. Tomosha davomida 250 ta dron yordamida turli shakllar aks ettiriladi.

Hozirda “Geoinnovatsiya markazi” ning  malakali mutaxassislari tomonidan tadbirga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Dron-shou bugun, 20 oktabr kuni soat 20.00 da Termiz shahridagi "Bolajon" bog‘i hududidagi mobil sahnada o‘tkaziladi.

Mo‘ljal: “Muz saroyi” ro‘parasi

Surxondaryoliklar va vohamiz mehmonlarini tomoshaga taklif etamiz!