Milliy o‘zligimiz timsoli
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatida ham turli adabiy kechalar, davra suhbatlari, bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Termiz shahridagi A.Navoiy xiyobonida o‘tkazilgan bayram tadbirida viloyat hokimligi, ijodiy va jamoat tashkilotlari, ma’naviyat, ta’lim-tarbiya, san’at sohasi vakillari, talaba-yoshlar jam bo‘ldilar.
Tadbir avvalida Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yildi. So‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining tarixi, uning rivoji hamda milliy adabiyotimiz ravnaqiga hissa qo‘shgan buyuk allomalar haqida so‘z yuritishdi.
Tantanali tadbir muhtasham San’at saroyida davom etdi. Unda tilimizning jozibadorligini tarannum etuvchi eng sara she’rlar, g‘azallardan namunalar o‘qildi. Badiiy sahna ko‘rinishlari orqali so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy siymosini gavdalantirildi. Mumtoz kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev ishtirok etdi.