Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.
Unda Surxondaryo viloyati, shahar va tuman hokimliklari studiyasidan sektorlar rahbarlari, hokimliklar xodimlari, aloqador boshqarma va ularning hududiy bo‘limlari boshliqlari ham ishtirok etdi.
Siyosiy-ma’rifiy soatda spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan dolzarb normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, Prezident saylovida ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, til – millatning xazinasi mavzularida muhim ma’lumotlar berildi.