Surxondaryoda Probatsiya bo‘limi yangi binoda ish boshladi

Zamonaviy binoning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik A.Ismoilov, huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, ichki ishlar  organlari xodimlari, shahar hokimi, faxriy mehmonlar hamda keng jamaotchilik vakillari ishtirok ishtirok etdi.

Tadbirda Ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilayotgani, sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.

Binoda viloyat IIB Probatsiyasi xizmati va Probatsiyaning Termiz shahar bo‘limi  faoliyat yuritadi. Xonalar zamonaviy jihozlar, kompyuter jamlanmalari, internet tizimi, kuzatuv kameralari bilan taminlangan.

Ishtirokchilar yangi binoda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishdi