Surxondaryoda yana bir obyekt foydalanishga topshirildi

Surxondaryo viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtixon olish bo‘limi barcha sharoitlarga ega yangi binoda ish faoliyatini boshladi.

 

Binoning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abduvohid Ismoilov, ichki ishlar  organlari xodimlari, faxriy mehmonlar hamda keng jamaotchilik vakillari ishtirok ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Guljanoy Naimovaning avtomashinasi uchun ilk davlat raqam belgisi viloyat hokimi To‘ra Bobolov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

 

Zamon talablari asosida ta’mirdan chiqarilgan va jihozlangan binoda endilikda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi xodimlari fuqarolarga xizmat ko‘rsatishadi.