"Milliy suvenirlar" festivaliga marhamat!
Ertaga, 28-oktabr kuni "Termiz" davlat muzey -qo‘riqxonasida (sobiq viloyat madaniyat va tarix muzeyi) “Milliy suvenirlar” festivali bo‘lib o‘tadi.
Prezidentimizning 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilayotgan festival doirasida folklor-etnografik jamoalar, raqs jamoalarining chiqishlari bilan birga ko‘rgazmalar, yarmarkalar, tanlovlar, hunarmandlarning mahorat saboqlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Aziz vohadoshlar va yurtimiz mehmonlari, sizlarni qiziqarli lahzalarga boy bo‘ladigan ertangi festivalga taklif etamiz!