“Yashil makon” umummilliy loyihasi Angorda. Loyihada To‘ra Bobolov ishtirok etdi va o‘z hissasini qo‘shdi. Surxondaryo viloyatida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zda tutuvchi «Yashil makon» loyihasi doirasida ishlar qizg‘in davom etmoqda. Angor tumanida ushbu masalada bo‘lib o‘tgan tadbirda sektor rahbarlari, tumanlar hokimlari, mas’ul rahbarlar, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi To‘ra Bobolov barchani uyushqoqlikka va faol bo‘lishga chaqirdi.
Surxondaryo viloyatida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zda tutuvchi «Yashil makon» loyihasi doirasida ishlar qizg‘in davom etmoqda. Angor tumanida ushbu masalada bo‘lib o‘tgan tadbirda sektor rahbarlari, tumanlar hokimlari, mas’ul rahbarlar, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi To‘ra Bobolov barchani uyushqoqlikka va faol bo‘lishga chaqirdi.
Tadbir doirasida, Angor tumaniga 10607 tup manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi. Jumladan, 2061 tup qarag‘ay, 1100 tup mojjevelnik, 1666 tup katalpa, 1530 tup o‘rik, 1050 tup jiyda, 1300 tup tut, 200 tup shaftoli, 500 tup qayrag‘och, 900 tup bodom, 300 tup bagryanik va 500 tup yasen daraxt ko‘chatlari. Mavsum davomida tumanda 1 million tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari va butalar ekilishi reja qilingan bo‘lsa, ayni vaqtga qadar 15 mingga yaqini ekib bo‘lindi.
Bunday tadbirlar viloyatning Termiz shahri va barcha tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda. «Yashil makon» loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida 16 million tup daraxt ekish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 noyabr kuni To‘ra Bobolov Boysun tumanining Padang qishlog‘i kengliklarida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan ko‘chat ekish tadbirini boshlab bergan edi.
(https://t.me/axborot_xizmati/9611)Ma’lumot uchun, joriy yilning 2 noyabr kuni, prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu umummiliy loyiha doirasida hududlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga yetkazish maqsadida daraxt ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlikni e’lon qilgan edi.