Navbatdagi "siyosiy-ma'rifat soati" bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun siyosiy-ma'rifiy o'quv soati bo'lib o'tdi.

Unda Surxondaryo viloyati, shahar va tuman hokimliklari studiyasidan sektorlar rahbarlari, hokimliklar xodimlari, aloqador boshqarma va ularning hududiy bo'limlari boshliqlari ham ishtirok etdi.

Siyosiy-ma'rifiy soatda spikerlar hafta davomida qabul qilingan dolzarb normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida to'xtalib o'tishdi.