Surxondaryoda bag‘rikenglik haftaligi o‘tkazilmoqda

Haftalik doirasida bugun Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tgan ilmiy amaliy seminarda mamlakatimizda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, jahon hamjamiyati bilan do‘stona aloqalarni yanada kuchaytirish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, umummilliy qadriyatlarni asrab-avaylash borasida olib borilayotgan ezgu ishlar hususida fikr almashildi.

 Surxondaryo viloyatida 30 dan ortiq turli millat va elat vakillari ahil, inoq yashamoqda. Bir oila farzandlaridek istiqomat qilayotgan turli millat vakillari Vatanimizda amalga oshirayotgan islohotlardan faxrlanib, mamlakatimizda yuz berayotgan yangilanishlarni yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Viloyat hududida millatlararo totuvlik va o‘zaro xamjihatlikni ta’minlash uchun  rus, tojik va turkman milliy madaniy markazlar faoliyat yuritayotir. Shuningdek,tojik millatiga mansub aholi ko‘p istiqomat qiladigan Sariosiyo, Uzun, Denov va Oltinsoy tumanlarida ham Tojik milliy madaniy markazlari tashkil etilib, faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Haftalik doirasida viloyatda davra suhbatlari, milliy madaniyat markazlari ko‘rgazmalari tashkil etilib, qiziqarli konsert dasturlari namoyish qilinmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati