“Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Tadbirni Viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Zulxumor Xidirova ochib berdi.
Mazkur tanlovda shahar va tumanlardan bir nafardan 25 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etib, 3 ta shart asosida bellashishdi.
Milliy tanlovining viloyat bosqichi natijalariga ko‘ra:
Termiz shahridagi "Surxon Janub trans" MCHJ 2-imperiya Demis rahbari Marhabo Jo‘raqulova, birinchi o‘ringa;
Uzun tumanidagi "Qurbonaliyev Abror" fermer xo‘jaligi rahbari Nigora Davlatova, ikkinchi o‘ringa;
Termiz tumani hokimligi Xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Komila Abdullayeva, uchinchi o‘ringa munosib deb topildi.
Tanlov ishtirokchilariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.