Hududlarda daraxt ekish aksiyasi davom etmoqda
Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi doirasida Surxondaryo viloyatida ham daraxt ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Xususan, Boysun tumanining Chilonzor mahallasida tuman sektorlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda mahalla aholisi aksiyada faol qatnashib, hududga 1300 ta manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdi.
Bu xayrli tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari G‘olib Qurbonov ham o‘z hissalarini qo‘shdi.