Surxondaryoda etnosport tadbirlari tashkil etildi

Joriy yilning 7 yanvar kuni Termiz tumanidagi Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabida "Harbiy-vatanparvarlik oyligi" doirasida yoshlar oʼrtasida sportning kamondan otish, ot ustida kurash, jamoaviy uloq koʼpkari, besh kurash, arqon tortish hamda stol tennis turlari boʼyicha viloyat birinchiligi musobaqalari tashkil etildi.

Yoshlarning qishki taʼtil kunlarini maroqli tashkil etish, ularni milliy sport oʼyinlarimizga jalb etish, vatanparvarlik tuygʼularini shakllantirish maqsadida oʼtkazilgan tadbirda, 500 nafardan ortiq yoshlar munosib ishtirok etdilar.

Qizgʼin bellashuvlarda yetuk iroda, chapdastlik, chavandozlik va merganlik mahoratini namoyish etib, gʼolib boʼlgan sportchilar viloyat hokimining qimmatbaho sovgʼalari hamda medal va kubok bilan taqdirlandilar.

https://t.me/axborot_xizmati