Maktablarda ham qishki taʼtil uzaytirildi
Xalq taʼlimi tizimidagi direktor, direktorning oʼquv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosarlari hamda pedagog- oʼqituvchilarning xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan Milliy oʼquv dasturlari asosida malakalarini oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, oʼquvchi - yoshlar oʼrtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʼpayishining oldini olish maqsadida xalq taʼlimi vazirligi qishki taʼtil kunlarini 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirilganini maʼlum qildi
Taʼtil kunlari davomida, oʼquvchilarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ular uchun onlayn fan olimpiadalar, intellektual oʼyinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlar tashkil etiladi.
Bundan tashqari xalq taʼlimining ijtimoiy tarmoqlari hamda Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali turli toʼgaraklar faoliyati yoʼlga qoʼyiladi.