Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilinadi
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Covid 19”pandemiyasi davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish faoliyatiga qoʼyiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigienik talablar»ga qatʼiy rioya etiladi;
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bayram tadbirlari oʼtkazilishi vaqtinchalik cheklanadi;
ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yoʼl qoʼyilmaydi (zarur vaziyatlarda soʼnggi uch kunlik PTsR testi va emlanganligi haqida sertifikati boʼlishi lozim);
yigʼilishlar oʼtkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yigʼilishlarni videokonferentsaloqa rejimida oʼtkazish choralari koʼriladi;
mazkur cheklovning buzilishiga yoʼl qoʼyilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qoʼllaniladi