Bojxonachilarning kasb bayrami nishonlandi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari tashkil topganligining 30 yilligi va Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari To‘ra Bobolov keyingi yillarda Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari yaratilayotgan sharoitlar va erishilayotgan natijalarni alohida ta’kidlab, soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.