Angorda qishloq xo‘jaligi masalalariga bag‘ishlangan viloyat seminari bo‘lib o‘tdi
Bugun, 8 fevral kuni Angor tumanida “2022 yil hosili uchun parvarishlanayotgan boshoqli don ekinlarida zang kasalliklarining tarqalishi va ularga qarshi kurashish” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimi o‘rinbosari U. Turapov, Angor tumani hokimi Sh.Abdullayev, tumanlar hokimlarining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshliqlari va tegishli mas’ullar ishtirok etdi.
Seminarda 2022 yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil etishtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, agrotexnik tadbirlar o‘tkazish tartibi mutaxassislar tomonidan ko‘rsatib o‘tildi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati