Taraqqiyot strategiyasi:

Surxondaryo viloyatidagi yirik “To‘palang GES” modernizatsiya qilinib, uning quvvati 175 MVtga yetkaziladi

Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida yurtimizda “yashil” energetika sohasini kelgusida yanada rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan.

Shu maqsadda, yangi qurilayotgan va modernizatsiya qilinayotgan gidroelektr stansiyalarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyatida joriy yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan, ishlab chiqarish quvvati yuqori bo‘lgan “To‘palang GES” da modernizatsiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

GES faoliyati uchun har birining quvvati 72,5 MVt bo‘lgan 2 ta gidroagregatlar o‘rnatiladi. Modernizatsiyadan so‘ng GESning umumiy quvvati 175 MVtga yetkaziladi. Mazkur modernizatsiya ishlari Rossiyaning “Siloviye mashini” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.