Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.
Unda Surxondaryo viloyati, shahar va tuman hokimliklari studiyasidan sektorlar rahbarlari, hokimliklar xodimlari, aloqador boshqarma va ularning hududiy bo‘limlari boshliqlari ham ishtirok etdi.
Siyosiy-ma’rifiy soatda spikerlar tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi islohotlari, Mahallalarda ish o‘rinlari yaratish va oilalar daromadini ko‘paytirishning yangi tizimi, hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tildi.