Toshtemir Turdiyevning 80 yillik yubileyi nishonlandi

Termiz davlat universitetida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Denov tumani bo‘limi rahbari, "Do‘stlik" ordeni sohibi,O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, filologiya fanlari nomzodi Toshtemir Turdiyevning 80 yillik yubileyi tantanali nishonlandi.

Tadbirda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Xojimatov, Respublika yozuvchilar uyushmasi rahbari o‘rinbosari G‘ayrat Majid, shuningdek, shoir va yozuvchilar, universitet o‘qituvchilari, shahar va tumanlar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limlari, OAV vakillari va keng jamoatchilik vakilari ishtirok etdi.