Mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘nalishidagi tadbirlar belgilab olindi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi harbiy kengashining Surxondaryo viloyatida “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida” shiori ostida mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘nalishidagi tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Termiz shahridagi 11506 harbiy qism madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat hokimi - harbiy-ma’muriy sektor rahbari To‘ra Bobolov, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mindoni general-mayor Z.Iminov, harbiy kengash va harbiy-ma’muriy sektor a’zolari, viloyat hududida joylashgan barcha kuch tuzilmalari boshqarma boshliqlari, harbiy qism komandirlari va muassasa boshliqlari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.